Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
Fuqarolar murojaati manzilli tarzda o‘rganilib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasigi kiritilishiga “Ishchi guruh” xulosasi tayyorlanmoqda

 Fuqarolar murojaati manzilli tarzda o‘rganilib, tuman
Kengashining navbatdagi sessiyasigi kiritilishiga “Ishchi guruh” xulosasi
tayyorlanmoqda
 

  

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga tumandagi
ehtiyojmand fuqarolarni davolanishlari bo‘yicha qilgan murojaatlari tuman
Kengashining “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratilishi bo‘yicha
tuzilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘rganish maqsadida tumanning Xonqiz,
Konchilar, Yangiobod, Yangi yo‘l, O‘zbekiston, Oq-oltin, Farg‘ona mahalla
fuqarolari yig‘inlarida manzilli tarzda o‘rganish o‘tkazilib,
murojaatchilarning yashash sharoitlari va haqiqatdan ham ehtiyojmand oilalar
ro‘yxatida turilishi o‘rganildi. O‘rganishlar davomida sektor kotiblari va
mahalla faollariga har bir fuqaroga vijdonan yondashgan holda dalolatnomalarni
rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berilib, ehtiyojmandligi tasdiqlanmay,
yashash sharoiti boshqalardan yaxshiroq bo‘lib, bandligi ta’minlangan
fuqarolarga huquqiy xulosa berildi.
 

Ushbu hududdagi mahalla raislari bilan suhbat
o‘tkazilib, har qanday dalolatnoma, so‘rovlarni tayyorlashda xonadonlarning
haqiqiy holatini inobatga olib rasmiylashtirilishida, haqiqatdan ham kam
ta’minlangan, ehtiyojmand ekanliklarini o‘rgangan holda sektor rahbarlariga
murojaat qilinishi tushuntirilib, hozirgi kunda ayrim qo‘shtirnoq ichidagi
fuqarolarni hududlardagi “Dorixona”lar bilan o‘zaro til biriktirgan holda pul
yechib olishga harakat qilish kabi holatlar haqida ogohlantirildi.
  

Slide 1 of 1