Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 8-Qorasuv saylov okrugi deputati N.Xaitqulov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini o‘rganish doirasida Qorasuv MFY yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
❗️O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

📌Jarayonda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, "Yoshlar daftari" bilan ishlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📖Mahalladagi yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, bandligini ta’minlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 3