Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
Sutbuloq mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Baxromov tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq Sutbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilikning oldini olish va hududdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan profilaktik ishlar tahlil qilindi.

📌 Shuningdek, muammoli oilalar va profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Ta’kidlash joizki, Sutbuloq mahallasi jinoyatchilik darajasi bo‘yicha “qizil” toifaga kiritilgan bo‘lib, joriy yil yakuniga qadar uni “sariq” toifaga o‘tkazish vazifasi belgilangan. Ushbu maqsadga erishish uchun jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda har bir muammoga manzilli yondashish muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ O‘rganish yakunida mahallada kriminogen vaziyatni yanada yaxshilash, jinoyatchilikni kamaytirish va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3