Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“MIRZAOBOD” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI
24 ta tavsiya asosida o‘rganish ishlari olib borildi

#Haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_okrugida #24_ta_tavsiya #deputat_faoliyati #nazorat_tahlil #deputat_okrugida

24 ta tavsiya asosida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A. Xolmo‘minov o‘z saylov okrugidagi “Kunchiqish” mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya”ning 10-yo‘nalishi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi do‘konlar va savdo rastalarida aholi kundalik iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat hamda boshqa mahsulotlarning narx-navosi, mahsulotlar zaxirasi va yetarliligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahsulotlar narxlarining barqarorligi, aholiga sifatli va zarur mahsulotlarni uzluksiz yetkazib berish holati hamda savdo shoxobchalarida iste’molchilar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan suhbatlashilib, aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash, narxlar barqarorligini saqlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Deputat A. Xolmo‘minov tomonidan ushbu yo‘nalishdagi o‘rganish ishlari aholi turmush farovonligini oshirish, iste’mol bozori holatini doimiy nazorat qilish va fuqarolarni zarur mahsulotlar bilan ta’minlashga ko‘maklashishga qaratilgan.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram