Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
FARMATSEVTIKA SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI YUZASIDAN RASMIY SO‘ROV YUBORILDI

FARMATSEVTIKA SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI YUZASIDAN RASMIY SO‘ROV YUBORILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 20-oktabr kuni tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i I. Xusenovga 99-kx-487-26-sonli rasmiy xat yuborildi.

➕ Rasmiy xatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🌐 Jumladan, quyidagi masalalar bo‘yicha ma’lumotlar talab etildi:
✅ Tumanda faoliyat yuritayotgan dorixonalar va farmatsevtika subyektlari faoliyati;
✅ Litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarning mavjudligi;
✅ Dori vositalari va tibbiy buyumlarning kelib chiqishi, saqlash sharoitlari hamda yaroqlilik muddatlariga rioya etilishi;
✅ Sifatsiz, qalbakilashtirilgan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari muomalasining oldini olish choralari;
✅ Narxlar, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish talablari va aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan ko‘rilgan choralar.

🗓 So‘ralgan ma’lumotlarni 2026-yil 2-noyabrga qadar Kengashga yozma shaklda taqdim etish belgilangan.

🤩 Mazkur ishlar farmatsevtika sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.