Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“MIRZAOBOD” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: OILALARNING MUAMMOLARIGA INDIVIDUAL YONDASHUV

DEPUTATLIK O‘RGANISHI: OILALARNING MUAMMOLARIGA INDIVIDUAL YONDASHUV

📍Mirzato'p mahallasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S.Nurmamatova tuman Kengash kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida, Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda o‘rganish olib bordi.

🔎 O‘rganish davomida oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.

🏠 Shuningdek, oilalarning yashash sharoiti, xonadonni saqlash madaniyati, sanitariya holati hamda tomorqadan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish hamda oilalarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

📋 O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda individual rejalarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

Bugungi deputat — muammoni aniqlaydi, yechimni izlaydi va natijani nazorat qiladi.