Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“MIRZAOBOD” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Uvaysiy mahallasida tashkil etilgan uchrashuvda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova, mahalla yettiligi vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida deputat kotibiyat tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar asosida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalar ijrosi, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, saylov okrugida olib borilgan ishlar haqida saylovchilarga batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuvda Uvaysiy mahallasidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori asosidagi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan 2026-yilgi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash dasturi doirasida mahallada asfaltlashtirish ishlari boshlangani ta’kidlandi.

Mazkur ishlar aholi uchun qulay transport qatnovini ta’minlash, ichki yo‘llar holatini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, mahallada kommunal infratuzilmani yaxshilash, hududni obodonlashtirish va fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berish, hududdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va aholi bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Bunday uchrashuvlar deputatning saylovchilar oldidagi mas’uliyatini oshirish, hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishda muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 3