Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
Sport maktabining jihozlanish va zaruriy anjomlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonlaridan tumandagi Sport maktabining jihozlanish holati, sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar hamda zaruriy sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida sport maktabida yoshlarning jismoniy salohiyatini rivojlantirish, ularni sportga keng jalb etish va turli sport turlari bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar olib borish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, sport maktabida gimnastika, kurash va boks mashg‘ulotlari uchun alohida zallar mavjudligi aniqlandi. Ushbu zallar sportchilarning mashg‘ulotlarni belgilangan tartibda olib borishi, o‘z mahoratini oshirishi hamda musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishi uchun xizmat qiladi.

🟢Shuningdek, sport maktabi hududida stadion mavjud bo‘lib, uning holati yaxshi ekani qayd etildi. Stadion sport mashg‘ulotlari, jismoniy tayyorgarlik mashqlari va sport tadbirlarini tashkil etish uchun muhim infratuzilma hisoblanadi. O‘rganish jarayonida sport maktabining zaruriy sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holatiga ham e’tibor qaratildi. Mavjud sport jihozlari yetarli ekani, ular sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun zarur sharoit yaratishi ta’kidlandi.

🟢O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, sport inshootlari va jihozlarini asrab-avaylash, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda mashg‘ulotlar sifatini yanada oshirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 5