Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjiyeva Muhabbat Haydaraliyevna 19-Sharq okrugi hududidagi mahallada xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazib, erta nikohning oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash masalalarida suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida erta nikohning yoshlar hayotiga, ularning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi va kelajakdagi oilaviy hayotiga ta’siri haqida atroflicha fikr almashildi. Oila qurishga mas’uliyat bilan yondashish, yoshlarning ruhiy va ijtimoiy jihatdan oilaviy hayotga tayyor bo‘lishi, nikohning qonuniy talablariga rioya etish hamda farzandlar kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur anglash muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, oilaviy ajrimlarning oldini olish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash, oilaviy muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas’uliyatini oshirish hamda nizoli vaziyatlarda murosaga intilish barqaror oilaviy munosabatlarning muhim omillari ekani qayd etildi.

Suhbat jarayonida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, o‘zaro mehr-oqibat, sadoqat va oilaga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni yosh avlod ongiga singdirish masalalari ham muhokama qilindi.

Deputat tomonidan xotin-qizlarning jamiyat va oiladagi o‘rnini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish hamda oilaviy muammolarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6