Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“MIRZAOBOD” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI
Aholi muammolari “xonadonbay” o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tumanning “Dumaloq” mahallasining Zukkolar ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholining muammolarini “xonadonbay” asosda o‘rgandi.

🔻O‘rganish davomida xonadonlarda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning kundalik turmush sharoiti, kommunal xizmatlardan foydalanish holati hamda mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi.

🔻Jumladan, aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash, tabiiy gaz yetkazib berish va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Muloqotlar davomida mazkur yo‘nalishlarda fuqarolar tomonidan jiddiy muammolar bildirilmagan.

🔻Shu bilan birga, ayrim fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish xizmatida uzilishlar kuzatilayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi. Ushbu masala aholi yashash hududlarining sanitariya holatini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda fuqarolar uchun qulay va ozoda yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

🔻Deputat tomonidan mazkur murojaatlarning mazmuni o‘rganilib, chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatining barqaror ishlashi, belgilangan jadvalga rioya etilishi va fuqarolar murojaatlariga mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida munosabat bildirilishi zarurligi ta’kidlanib, deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 1