Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
IJRO INTIZOMI VA TOPSHIRIQLAR BAJARILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 IJRO INTIZOMI VA TOPSHIRIQLAR BAJARILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-martdagi 171-son qarori hamda unda belgilangan ijro intizomini mustahkamlashga oid talablar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔎 O‘rganish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomi uchun mas’ul xodimlar faoliyati, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, ijro muddatlariga rioya etilishi hamda Ijro.gov.uz elektron tizimida ishlarning tashkil etilishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.

✏️ Mazkur yo‘nalishda deputatlar tomonidan o‘rganish savollari ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash belgilangan.

✅ O‘rganish natijalari asosida ijro intizomini yanada mustahkamlash, topshiriqlar ijrosida mas’uliyatni oshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Deputatlik nazorati — qonun hujjatlari va topshiriqlar ijrosining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.