Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
SOVUQ MAVSUMDA HAM TIBBIY XIZMAT UZLUKSIZ BO‘LISHI SHART

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Havotog‘ QFY Uchturg‘on qishlog‘idagi oilaviy shifokorlik punktining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot punktining kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyorgarligi, bino va xonalarning umumiy holati, isitish tizimining sozligi hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sovuq kunlarda aholiga, ayniqsa, bolalar va keksa yoshdagi fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, muassasada zarur haroratni ta’minlash hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tibbiyot punktining mavsum davomida uzluksiz faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘ladigan isitish vositalari, elektr ta’minoti, yoritish tizimi va boshqa muhim sharoitlar ham ko‘zdan kechirilib, mavjud masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputat tomonidan tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi faqat isitish tizimi bilan cheklanmasdan, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun xavfsiz, qulay hamda sanitariya talablariga javob beradigan muhitni ta’minlashni ham qamrab olishi zarurligi ta’kidlandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2