Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“MIRZAOBOD” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_masala

“Quduqsoy” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi

✅Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlarni tizimli tahlil qilish xalq vakillarining doimiy diqqat markazidadir.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 19-“Quduqsoy” saylov okrugi deputati G.Xolmatova hamda kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan navbatdagi sayyor o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Mazkur nazorat tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, unda mahalla xotin-qizlar faolining ish samaradorligi tahlil qilindi.

1. Ayollar bandligi va tadbirkorligi:
Ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikka jalb etish hamda ularga ajratilayotgan subsidiyalar natijadorligi;
2. Huquqiy va ijtimoiy himoya:
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan ayollar bilan ishlash tizimi, xotin-qizlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati va sifati;
3. "Ijtimoiy reyestr" bilan ishlash:
Ehtiyojmand va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

✅O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, xonadonbay xatlov natijalari va axborot tizimlariga kiritilgan ma’lumotlar ko‘zdan kechirildi.

✅Aniqlangan masalalar yuzasidan xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va aholi murojaatlariga tezkor yechim topish bo‘yicha mas’ulga tegishli amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1