Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Sovot QFYdagi “Mahmud Baby House” davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya va maishiy sharoitlar, guruhlarda mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, bolalarning kun tartibiga rioya qilishi hamda ularning xavfsizligini ta’minlash holatiga e’tibor qaratildi.

Tashkilotning oshxonasi faoliyati ko‘zdan kechirilib, tarbiyalanuvchilarni sifatli va issiq ovqat bilan ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, oshxonaning sanitariya-gigiyena holati hamda ovqat tayyorlash jarayonining tashkil etilishi o‘rganildi.

Shuningdek, bolalarning yotoqxonalari va dam olish xonalari ko‘zdan kechirilib, xonalarning tozaligi, shamollatilishi, yotoq jihozlari bilan ta’minlanganligi, bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilganligi holati o‘rganildi.

Tashkilot hududidagi o‘yin maydonchalari, sport va rivojlantiruvchi jihozlar, guruh xonalari hamda sanitariya-gigiyena sharoitlari ham ko‘zdan kechirildi. Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan tashkilot rahbari va mas’ul xodimlar bilan suhbat davomida bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, sifatli ovqatlantirish, yotoqxonalarda qulay sharoitlarni saqlash hamda maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha ishlar deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4