Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
SPORT MAKTABI FAOLIYATI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Sovot QFYda faoliyat yuritayotgan sport maktabining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport maktabida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy salohiyati va sport mahoratini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport to‘garaklariga o‘quvchi-yoshlarni jalb qilish darajasi, mashg‘ulotlarning muntazamligi, murabbiylar faoliyati, sportchilarga yaratilgan sharoitlar hamda sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

Mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishish davomida yosh sportchilar bilan suhbatlashilib, ularning sportga qiziqishi, mashg‘ulotlarda ishtiroki, musobaqalarda qatnashishi va kelgusidagi maqsadlari yuzasidan fikrlari tinglandi.

Deputat tomonidan yoshlarni sportga jalb etish qamrovini kengaytirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularning tuman, viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sport inshootlaridan samarali foydalanish, mavjud jihozlarni asrab-avaylash, mashg‘ulotlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2