Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#Doimiy_komissiya
#Ish_rejasiga_asosan

"GULBOG‘" MAHALLASIDA DEPUTAT SO‘ROVI AMALDA: YANGI TRANSFORMATORNI O‘RNATISH ISHLARI O‘RGANILDI

Aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarga tezkor yechim topish va davlat hamda xalq hamkorligida infratuzilmani yaxshilash deputatlik faoliyatining amaliy samarasidir.Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining doimiy komissiya raisi, 15-“Gulbog‘” saylov okrugi deputati Xalmatov Isoqul Amandavlatovich "Gulbog‘" mahallasining G‘aznachi ko‘chasida bo‘lib, elektr ta’minotini yaxshilash borasida olib borilayotgan amaliy ishlarni joyida ko‘zdan kechirdi.

📌 AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAFSILOTI:

Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘chada yashovchi fuqarolar murojaati hamda deputatning sohalar bo‘yicha kiritgan so‘rovi asosida hududda quyidagi amaliy ishlar olib borilmoqda:

✅ Yangi transformator keltirildi: G‘aznachi ko‘chasi aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yangi transformator punkti ob’ektga yetkazildi;

✅ Poydevor va metal-konstruksiya tayyor: Transformator o‘rnatiladigan maxsus mustahkam beton poydevor hamda temir karkas podstavka to‘liq barpo etildi;

✅ Navbatdagi bosqich: Uskunani tarmoqqa ulash, yangi temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish hamda yopiq (SIP) kabel tarmoqlarini tortish ishlari boshlanmoqda.

Deputat Isoqul Xalmatov mahalla nuroniylari va sohaga mas’ul mutaxassislar bilan suhbatlashib, montaj ishlarini shaharsozlik va xavfsizlik me’yorlariga mos ravishda bajarish hamda bo‘lajak kuz-qish mavsumiga qadar elektr ta’minotini to‘liq soz holatga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 1