Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘rganish va muhokama ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Muhokama davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

️Shuningdek, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Qo‘qon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, notinch oilalar hamda xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Мa’lum qilinishicha, “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida 32 ta jinoyat holati qayd etilgan. Shundan 26 ta jinoyat fosh etilgan, 6 ta jinoyatning oldi olingan. Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida 32 nafar shaxsga himoya orderi berilgan.

Mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olinib, sessiyada ko‘rib chiqiladigan hisobot va takliflarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7