Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga kelib tushayotgan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida navbatdagi fuqoralar qabuli o‘tkazildi.
Unda xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 21-Monoq saylov okrugi deputati Sadullayev Oybek Yusubbayevich hamda Kengash kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamkorligida fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar davomida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy reyestrga kiritish, shuningdek, uy-joylarni hujjatlashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va amaliy yordamlar berildi.
Jumladan, uy-joylarni hujjatlashtirish masalasida fuqarolarga ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni doirasida amalga oshirilishi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida tinglash, ularni qonuniy asosda hal etish va aholining muammolariga amaliy yechim topish Kengash deputatlarining doimiy e’tiborida.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram

Slide 1 of 4