Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Shoxzoda Kurbanova “Elobod” mahallasida bo‘lib, “Obodlik va mehr-saxovat” oyligi doirasida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarini (24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida) o‘rgandi.
“Elobod” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bolalar maydonchalarini ta’mirlash ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Deputat hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonini ko‘zdan kechirib, qurilish mas’ullari bilan uchrashdi.
O‘tkazilgan o‘zaro suhbatlar jarayonida deputat tomonidan mutasaddilarga qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bo‘lib o‘tgan o‘rganishda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ham ishtirok etdi.