35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash qarori ijrosi deputat nazoratida

Kengash qarori ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “2-Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 5-iyundagi VII-23-40-11-152-K/26-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevraldagi PQ–49-son qarori 13-bandi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Ijtimoiy reyestr”da ro‘yxatda turuvchi, I guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan 5 ta oilaning xonadonlarini energiya tejamkor holatga keltirish maqsadida Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi hisobidan 300 million so‘m mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, “Qo‘shtegirmon-1” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1 ta xonadonda “PROFIT WATT” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan energiya tejamkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Jarayonda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, qurilish-montaj ishlarining sifati hamda bajarilish holati o‘rganilganda ayni paytda xonadonda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgani aniqlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi talablar asosida yakunlash hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3