35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan infogramma
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Deputatlar saylovchilar oldida axborot berdi.
TOSHKENT SHAHARINING MIROBOD TUMANIDA “RAHBARLAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Mirobod tumanida “Rahbarlar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Prezidentimiz topshirig'iga binoan yoshlar bilan tizimli ishlash, salomatligini tiklash, ularning muammo va takliflarini o'rganish, bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtlaridan mazmunli foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘nalishida ishlar davom etmoqda.

Xususan, Mirobod tumanidagi 110-sonli umumta’lim maktabida Toshkent shahar sektor rahbarlari, Mirobod tumandagi mutassadi tashkilot, boshqarma, bo’lim boshliqlari va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda Mirobod yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar prokurori, Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig'i, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig’i hamda Mirobod tuman hokimi tomonidan 70 dan ortiq ishsiz, profilaktik hisobda turuvchi, nogironligi bo'lgan “qizil toifa”dagi yoshlar bilan, ularning muamollarni o’rganish yuzasidan suhbat olib borildi va aniqlangan muammolarning bir nechtasi joyida hal etildi.

Vaqt talab etuvchi murojaatlar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 9