Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "6-Zafarobod" saylov okrugi deputati M.Ergashev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan "Zafarobod" mahalla fuqarolar yig‘inining "Yangiobod" ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mazkur ko‘cha aholisi bilan muloqot qilinib, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Aholi uzoq yillardan buyon ichimlik suvi ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelayotganini bildirib, ko‘cha fuqarolaridan biri T.Abduraxmonova tomonidan Yangiobod ko‘chasiga 700 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortish yuzasidan murojaat bildirildi.
Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.