35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Kichik sanoat zonasi tashkil etilayotgan hudud o‘rganildi.
#ta'limsifati #deputatnazorati #emaktab

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi faoliyati yuzasidan hisobot eshitilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, shahrimizdagi taʼlim muassasalarining bugungi holatini kompleks baholash va muammolarni bartaraf etish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom etmoqda.

Navbatdagi oʻrganish manzili Mahmudxoʻja Behbudiy mahallasi hududida joylashgan 14-sonli umumtaʼlim maktabi boʻldi.
🔍 Oʻrganish davomida:
Hudud deputati, ijtimoiy soha masalalari bo'yicha komissiya o'rinbosari  Lenura Baydullayeva, 12-okrug deputati Zuhra Pulatova hamda shahar Kengashi kotibiyatining masʼul xodimi Muhriddin Begmatov ishtirokida muassasada keng koʻlamli o'rganish oʻtkazildi.

Oʻrganish jarayonida:
🎓 Taʼlim sifati va sharoitlar: Oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar, sinfxonalarining oʻquv jarayoniga tayyorligi.
🖥 Raqamlashtirish va "e-Maktab": Taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etilishi hamda "e-Maktab" elektron tizimining yuritilishi holati.
🛠 Moddiy-texnik baza: Maktabning moddiy-texnik imkoniyatlarini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar va oʻquv qurollari bilan taʼminlanganlik darajasi.
❄️ Kuz-qish mavsumiga shaylik: Issiqlik tizimlari, muassasaning sovuq kunlarga tayyorligi va xavfsizlik choralari.
🌿 Obodonlashtirish: Maktab binosi va uning atrofidagi hududlarning toza hamda tartibli holatga keltirilganligi.

📋 Xulosa va navbatdagi bosqich
Oʻrganishlar natijasida toʻplangan barcha tahliliy maʼlumotlar hamda takliflar Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Ijtimoiy soha masalalari boʻyicha doimiy komissiyasiga muhokama uchun taqdim etiladi.
Bosh maqsadimiz: Farzandlarimiz uchun taʼlim maskanlarida barcha zaruriy sharoitlarni yaratish, oʻqituvchilarimizga munosib mehnat muhitini taʼminlash va taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat!

Slide 1 of 6