35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Kichik sanoat zonasi tashkil etilayotgan hudud o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
Mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi

🏛 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari tomonidan Termiz shahar mahalliy budjetining joriy yil II chorak yakuni bo‘yicha daromadlar ijrosi bilan bog‘liq masala atroflicha ko‘rib chiqildi.
📊 Kun tartibidagi asosiy masala — shahar mahalliy budjetining II chorak yakuni bo‘yicha belgilangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan mablag‘larni tegishli yo‘nalishlarga ajratish masalasi bo‘ldi.
🗣 Mazkur masala yuzasidan shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘.Toshovning hisoboti tinglandi.
Hisobot davomida mahalliy budjet daromadlarining shakllanishi, belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi, daromadlar rejasining orttirib bajarilishi natijasida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning mavjudligi hamda ularni tegishli maqsadlarga yo‘naltirish masalalari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
🔎 Doimiy komissiya yig‘ilishida, avvalo, budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, qo‘shimcha shakllangan mablag‘larni hududning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib yo‘naltirish hamda mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, budjet daromadlari ijrosini ta’minlash, mavjud moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
📌 Doimiy komissiyaning bunday yig‘ilishlari sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni oldindan puxta ko‘rib chiqish, mutasaddilarning hisobotlarini eshitish va deputatlik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, budjet mablag‘laridan foydalanishda ochiqlik, qonuniylik, manzillilik va samaradorlik tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
🏙 Mahalliy budjet — hudud taraqqiyoti va aholi farovonligini ta’minlashning muhim moliyaviy manbai. Shu bois uning daromadlar qismini mustahkamlash va shakllangan mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish Kengash faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2