35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Kichik sanoat zonasi tashkil etilayotgan hudud o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
TERMIZ SHAHAR KENGASHIDA HAFTALIK SARHISOB: DEPUTATLAR FAOLIYATI TUSHUNTIRILDI VA TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova raisligida shahar Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida deputatlarning o‘tgan hafta mobaynida amalga oshirgan ishlari yuzasidan navbatdagi tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda o‘tgan hafta davomida shahar deputatlari tomonidan okruglarda olib borilgan faoliyat atroflicha sarhisob qilindi:

✅ Nazorat-tahlil tadbirlari: Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori hamda shahar Kengashi qarorlari ijrosi yuzasidan infratuzilma, yo‘l, elektr va suv ta’minoti obyektlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlari;

✅ “Mahalla yettiligi” va 24 tavsiya: Shahar mahallalarida “Mahalla yettiligi” faoliyatini 24 ta tavsiya asosida o‘rganish va ko‘maklashish holati;

✅ Murojaatlar va deputatlik so‘rovlari: Saylovchilar hamda “Ijtimoiy daftarlar”ga kiritilgan fuqarolar murojaatlari, shuningdek, mas’ul idoralarga yuborilgan deputatlik so‘rovlarining ijro samaradorligi;

✅ OAV va shaffoflik: Deputatlar va kotibiyat faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda ochiq va shaffof yoritish jarayoni.

Yig‘ilish davomida Kengash raisi D.Normuradova deputatlarning har bir okrugdagi faoliyati natijadorligiga to‘xtalib, shunday ta’kidladi:

"Deputatlarimizning haftalik faoliyati qog‘ozdagi raqamlar yoki quruq hisobotlarda emas, balki fuqarolarimizning turmush sharoitidagi ijobiy o‘zgarishlarda aks etishi lozim. Har bir saylov okrugidagi muammo va aholi murojaati deputatning shaxsiy nazoratida bo‘lishi va oxirigacha hal etilishi shart."

Yig‘ilish yakunida joriy hafta uchun belgilangan haftalik ish rejadagi ustuvor vazifalar kelishib olindi. Okruglarda aholi bilan xonadonbay muloqotni yanada kuchaytirish, deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida va mazmunan javob bermagan mas’ul tashkilotlar bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.