35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Kichik sanoat zonasi tashkil etilayotgan hudud o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.
2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi

2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Shahnoza Azamatovna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan belgilangan reja-grafikka muvofiq 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik bazaning holati, bino va hududning obodonlashtirilganligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda yong‘in va elektr xavfsizligi talablarining bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa oshxonasining faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, ularning yaroqlilik muddatlariga rioya etilishi, tayyorlanayotgan taomlarning sifati, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish va saqlash tartibiga amal qilinishi hamda oshxonaning sanitariya holati atroflicha o‘rganildi.

Bundan tashqari, mashg‘ulot va yotoq xonalarining holati, bolalar foydalanayotgan inventarlar va jihozlarning sozligi, hududning tozaligi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan xavfsiz va qulay muhit yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, muassasada sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavfsiz hamda zamonaviy ta’lim muhitini yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan o‘rganish va nazorat ishlari belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 11