DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MA'LUMOTLAR TALAB QILINDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan deputatlik nazorati doirasida navbatdagi amaliy ishlar olib borildi.
“O‘zbekiston Respublikasining Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi 4-bandiga muvofiq, tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlaridan, mansabdor shaxslardan zarur ma'lumotlar, ekspert xulosalari hamda boshqa axborotlarni talab qilib olish vakolatidan kelib chiqib, tuman soliq inspeksiyasiga tegishli so‘rov yuborildi.
Mazkur so‘rov orqali:
mahalliy budjet daromadlari prognozining bajarilish holati;
qo‘shimcha daromad rezervlarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan hamda amalda undirilgan mablag‘lar;