#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi
KO‘RKAMOBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "11-Taqachi" okrugi deputati Dusmuxamedova Saodat Maxirdjanovna tashabbusi bilan Ko‘rkamobod mahallasidagi mavjud holat, “mahalla yettiligi” faoliyati va aholi muammolari o‘rganildi.
📇 Mahallada 14 ta ko‘cha, 808 ta xonadon bo‘lib, ularda 1 226 ta oila va 4 477 nafar fuqaro istiqomat qiladi. O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichida 138 nafar xotin-qiz ro‘yxatga olingani, ijtimoiy reyestrda esa 36 nafar fuqaro qayd etilgani va ular bilan manzilli ish olib borilayotgani ma’lum qilindi.
📹 Quvonarlisi, joriy yil boshidan buyon mahalla hududida jinoyat sodir etilmagan. Shu bilan birga, mavjud kuzatuv kameralarining ayrimlari yaroqsiz holga kelgani va ularni yangilash zarurligi aniqlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, hududga qo‘shimcha 67 ta PTZ, Face ID va boshqa turdagi kuzatuv kameralari o‘rnatish talab etiladi.
📁 Mazkur masalani tegishli mas'ullarga deputatlik so‘rovi orqali kiritish, kuzatuv kameralarini ta’mirlash va yangilarini o‘rnatish ishlarini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.