35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI IJROSI TA’MINLANDI.
янв.21
IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHA JOYIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi deputat nazoratida
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI BO‘YICHA LOYIHA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat

O‘zbekiston Respublikasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarga malakali va bepul yuridik yordam ko‘rsatish maqsadida "MADAD" nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

Mazkur tashkilot fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish, huquqiy muammolarni qonuniy yo‘l bilan hal etish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘nalishlarida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, "MADAD" NNT tomonidan:

  • fuqarolarga birlamchi bepul yuridik maslahatlar ko‘rsatiladi;
  • aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib boriladi;
  • fuqarolardan kelib tushayotgan huquqiy murojaatlar tahlil qilinadi hamda ularni qonunchilik asosida hal etish yuzasidan tavsiyalar beriladi;
  • Advice.uz huquqiy axborot portali orqali onlayn huquqiy maslahat va ishonchli huquqiy ma'lumotlar taqdim etiladi.

Advice.uz portali orqali fuqarolar mehnat munosabatlari, oila, meros, uy-joy, ijtimoiy ta'minot, tadbirkorlik, sud-huquq masalalari va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tezkor hamda ishonchli javob olishlari mumkin.

Huquqiy bilim va huquqiy madaniyatni yuksaltirish har bir fuqaroning o‘z huquq va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning muhim omillaridan biridir. Shu bois, huquqiy masalalarga duch kelganda "MADAD" nodavlat notijorat tashkiloti hamda Advice.uz portalining bepul xizmatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.