35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Kichik sanoat zonasi tashkil etilayotgan hudud o‘rganildi.
Huquqiy ma'lumot

⚖️ #Huquqiy_axborot_soati

📄 Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 2020-yil 28-aprelda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2020-yil 7-avgustda Senat tomonidan maʼqullangan mazkur Qonun fuqarolarning mehnat qilish huquqini taʼminlash, bandlikni rivojlantirish va ishsizlikning oldini olishga qaratilgan muhim huquqiy poydevor hisoblanadi.

🔹 Qonunga koʻra:
🔹 Erkin mehnat huquqi: Fuqarolarning mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash huquqlari kafolatlanadi;
🔹 Davlat kafolatlari: Aholini ish bilan taʼminlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish va mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat kafolatlari belgilanadi;
🔹 Malaka oshirish va qayta o‘qitish: Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni zamonaviy kasb-hunarlarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmlari mustahkamlanadi;
🔹 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Yoshlar, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa aholi qatlamlarini ish bilan taʼminlash (shu jumladan, kvota ish o‘rinlari ajratish) bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar nazarda tutiladi;
🔹 Tadbirkorlikni rag‘batlantirish: O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari orqali yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan ish beruvchilarga subsiya va imtiyozlar ajratish tartibi belgilangan.

Slide 1 of 1