Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati tomonidan aholini qiynab kelayotgan sug‘orish suvi taqchilligi masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi o‘zining ijobiy yechimini topdi.

Tuman Kengashi deputati G‘.Abdullayev tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovida "Qo‘shtegirmon-1", "Nurafshon" va "Qo‘shtegirmon-2" mahalla fuqarolar yig‘inlarining "Farobiy", "Uzun", "Obod", "Soy sohili" ko‘chalari hamda "Dehqon" qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 300 dan ortiq xonadonni suv bilan ta’minlashdagi muammo ko‘tarilgan edi.

Mazkur murojaat asosida tuman hokimligi tomonidan masala atroflicha ko‘rib chiqildi hamda Qo‘shtegirmon arig‘ining suv taqsimlash inshootiga 2 dona suv darvozasi (zatvor) o‘rnatish uchun "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratildi.

Ushbu amaliy chora-tadbirlar natijasida hududdagi yuzlab xonadonlarning suv ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladigan muhim muammo bartaraf etildi.

Slide 1 of 1