Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulova tomonidan o‘zi saylangan Charhini ko‘prigi saylov okrugi hududidagi "Charhini ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi S.Komilovning faoliyati hamda aholini tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xususan, mahalla fuqarolariga mikroloyihalar doirasida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish, ularning samaradorligi hamda tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Jumladan, Yangi Chorsu ko‘chasida amalga oshirilayotgan "Gastronomik ko‘cha" loyihasi doirasida fuqaro M.Xoshimovaga ajratilgan 40 million so‘m kredit mablag‘lari hisobidan milliy taomlar tayyorlash va savdosi yo‘lga qo‘yilgani, shuningdek, fuqaro Sh.Hamidovaga ajratilgan 17 million so‘m imtiyozli kredit asosida somsachilik faoliyati tashkil etilgani o‘rganildi.

O‘rganish yakunida ajratilgan kredit mablag‘larining samarali ishlatilishi, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda yangi biznes loyihalarini kengaytirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3