Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Oltinsoy tumanida deputatlik nazorati doirasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi

Mahalla faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi. O‘rganish ishlari avvalida Sh.Boyqulov, Hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari X.Samatov,Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda mutasaddi tashkilotlar mas’ullari mahalla binosida bo‘lib, “mahalla yettiligi”ning kundalik faoliyati, 24 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi muammolarini hal etish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Deputatlik nazorati davomida umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘lining 600 metr qismida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son hamda 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarorlari asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida 5–6 kilometr oralig‘idagi 720 metr eski asfalt qoplamasi buzib olinib, ushbu qism shag‘al-to‘shama bilan tekislangani, 1 932 metr qismiga yangi asfalt qoplamasi yotqizilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, qolgan 4 672 metr yo‘l qismida yamoqlash ishlari bajarilib, asfalt yotqizish uchun tayyor holatga keltirilganligi qayd etildi.

Shuningdek, hududda “Humo-pardoz invest” XK tomonidan barpo etilayotgan 7 qavatli, 56 xonadonli zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy binosining qurilish jarayonlari ham o‘rganildi. Qurilish obyektida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi, qurilish me’yorlariga rioya etilishi hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar mas’ullariga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube

Slide 1 of 6