Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati M.Axmadjonov tomonidan navbatdagi tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar davomida ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarning aholi uchun ahamiyati hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligiga
alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan rejalashtirilgan ishlar, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari, moliyalashtirish manbalari va amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan axborotlar taqdim etildi. Deputat tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida mablag‘lardan oqilona foydalanish, har bir loyihaning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi. Ta’kidlanganidek, sessiyaoldi o‘rganishlar deputatlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning puxta tahlil qilingan holda ishlab chiqilishi, byudjet mablag‘larining manzilli va shaffof sarflanishi hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rganish yakunida mazkur masala bo‘yicha shakllantirilgan taklif va xulosalar belgilangan tartibda navbatdagi tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi qayd etildi. 

Slide 1 of 4