Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati G.Soliyeva tomonidan Fazogir mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid bir qator masalalar va takliflar bildirildi. Jumladan, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik, ijtimoiy himoya hamda aholini qiynayotgan boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Deputat har bir murojaatni atroflicha tinglab, fuqarolarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berdi. Vakolat doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlar yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish uchun nazoratga olindi. Shuningdek, qabul jarayonida
mahalla faollari bilan ham suhbat o‘tkazilib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholi turmush farovonligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va amaliy yechimlar topishda muhim ahamiyatga ega. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 3