Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
Deputat okrugida o‘rganish: Zarbdorda “Soyali-sayr ko‘chasi” tashkil etiladi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan “Tuman hududida "Soyali-sayr ko‘chasi" tashkil qilish” masalasi joyida o‘rganildi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 6-"Yangihayot" okrugidan saylangan deputat, agrar xo‘jalik va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Sahobiddin Xojiqulov hamda tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i B.Namazov hamkorligida o‘z okrugi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🌳 Loyiha haqida qisqacha (Raqamlarda):
📍 Manzil: “Yangihayot” va “Ravot” MFYlari hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-376 yo‘li cheti.
📏 Masofa: Barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagining 3,3 km qismi.
🌱 Ko‘chatlar soni: Jami 4 000 dona manzarali daraxt ko‘chatlari.
🌿 Daraxt turlari: Yapon saforasi, go‘zal katalpa va chinor.
📋 Huquqiy asos: Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda Prezidentimizning tegishli Farmonlari (PF-22, PF-90 va PF-217-sonli) ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 2