Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
BOLALARNING MAZMUNLI DAM OLISHI – DEPUTAT NAZORATIDA

 BOLALARNING MAZMUNLI DAM OLISHI – DEPUTAT NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son
qarori ijrosi doirasida tuman hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda xalq
deputatlari Quva tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan 2026-yilda tuman
mahallalari va taʼlim muassasalaridagi yoshlarni yozgi taʼtilini mazmunli va
samarali oʻtkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” amaliy tadbirlar dasturi
doirasida tumanda yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.


Mazkur dastur asosida Quva tumanidagi 6 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida
yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etildi.


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati F.Xashimova 10-son umumiy o‘rta
ta’lim maktabidagi yozgi sog‘lomlashtirish lagerida bo‘lib, bolalar uchun
yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.
 

O‘rganish davomida oromgohda bolalar xavfsizligi, ovqatlanish sifati, tibbiy xizmat,
sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida
tashkil etilgan mashg‘ulotlarning borishi ko‘zdan kechirildi.


O‘rganish yakunida bolalarning xavfsizligi va mazmunli dam olishini ta’minlash,
oromgohlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda “Dolzarb 90 kun”
dasturida belgilangan vazifalarning sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga
tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning
ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi va bartaraf etilishi nazoratga
olindi.
  

Slide 1 of 7