Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masala ko‘rib chiqildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son Farmoni – “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 529-sonli qarori va 2024-yil 26-martdagi “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi qarori ijrosini samarali tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Sessiya davomida hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlarni kengaytirish, “Yashil bog‘lar” va “Yashil jamoat parklari”ni barpo etish, shuningdek “Mening bog‘im” loyihalarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.