Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
Toshloq mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi mavjud masalalarni o‘rganish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan o‘rganish tashkil etildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati G.Mirbabayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar tomonidan Toshloq mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi mavjud masalalarni o‘rganish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan o‘rganish tashkil etildi.

Mazkur o‘rganish ishlari “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalari, huquqbuzarliklarning oldini olish, obodonlashtirish hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat Gulnora Tillayevna mahalla yettiligi bilan birgalikda hududdagi dolzarb masalalarni joyida o‘rganib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3