Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI

Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

Majlisda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari, tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi olib borib, ishtirokchilarni kun tartibiga kiritilgan masala bilan tanishtirdi.

Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 martdagi PQ–141-sonli “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosining tumandagi holati muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan tuman hokimlgining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha majmuasi bosh mutaxassisi Boymurodov Saidbek hisobot berdi. Hisobotda qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalarning bajarilish holati hamda belgilangan vazifalar ijrosi haqida atroflicha ma’lumot taqdim etildi.

Muhokamalar yakunida komissiya a’zolari tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar inobatga olingan holda xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori loyihasi ma’qullandi hamda ushbu masalani xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 2