Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni

🏛 “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toshkent shahar va Uchtepa tumani Kengashlari tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dilshod Shoumarov faol ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🤝 Sayyor qabulda Mahalliy Kengash deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, mutasaddi tashkilotlar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida aholining murojaatlarini joyida o‘rganish, ularni tezkor va samarali hal etish hamda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Qabul jarayonida 300 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, 150 ga yaqin murojaat joyida ijobiy hal etildi. Xususan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari va qo‘ltiqtayoqlar topshirildi, davolanish uchun bepul yo‘llanmalar berildi, ish izlayotgan fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, maishiy texnika va boshqa zarur anjomlar yetkazildi.

💡 Sayyor qabul davomida mahalliy Kengash deputatlari tomonidan aholi bandligi, ijtimoiy himoya, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar, mahalla infratuzilmasi hamda fuqarolarning boshqa dolzarb murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ijrosi yuzasidan tizimli monitoring yo‘lga qo‘yildi.

✅ Ta’kidlanganidek, bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq va bevosita muloqotni kuchaytirish, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni joyida hal etish hamda mahalliy Kengash deputatlarining xalq manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy faoliyatini yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9