Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi yuzasidan o‘rganish olib borildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati K.Mirzayev o‘ziga biriktirilgan “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–865-son, 2023-yil 30-avgust)bo'yicha tayyorlangan savolnoma asosida Qonun ijrosi yuzasidan tumandagi mavjud gidrotexnika inshootlarida o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida gidrotexnika inshootlarining texnik holati, ulardan xavfsiz foydalanish, muntazam nazorat va monitoring ishlarining tashkil etilishi, shuningdek, favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mas’ul mutaxassislarning mazkur qonun talablari bo‘yicha olib borayotgan ishlari o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, inshootlarning xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda qonun ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda gidrotexnika inshootlaridan xavfsiz foydalanishni ta’minlash borasidagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram