👥 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 16-Qo‘shchinor saylov okrugi deputati F.Sarimsaqovga biriktirilgan qonunlar ijrosi hamda mahallada amalga oshirilayotgan investitsiya va tadbirkorlik loyihalari joyiga chiqib o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunining Qashqarimakay mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi. Xususan, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholini imtiyozli kreditlar asosida tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🏗 Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar bilan tanishildi.
Hududda rejalashtirilgan 10 ta loyihadan 3 tasi-
🔹 Qashqarimakay MFYda yashovchi fuqaro Nabijonov Abdurauf Nosirjon o‘g‘li tomonidan zamonaviy sport o‘yingohi tashkil etish;
🔹 Qashqarimakay MFYda yashovchi fuqaro Abduraximov Alisher Muxammadxaqi o‘g‘li tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo markazini tashkil etish;
🔹 Qashqarimakay MFYda yashovchi fuqaro Sharipov Ikboljon Olimjon o‘g‘li tomonidan umumiy ovqatlanish markazini tashkil etish loyihalarining amalga oshirilish holati joyida ko‘zdan kechirilib mazkur loyihalar to‘liq ishga tushirilganligi aniqlandi.