Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri V.Xasanov Do‘stlik mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yordamga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, manzilli yordam ko‘rsatish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2