Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov tomonidan Sovot mahallasida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi loyihasi hamda suv tarmoqlaridagi texnik ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida loyiha asosida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, ichimlik suvi tarmoqlarini tortish hamda ayrim nosozliklarni bartaraf etish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Hozirgi kunga qadar loyihaning asosiy qismi bajarilib, ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari ancha jadallashgani, mutasaddilar tomonidan texnik nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani qayd etildi.
Aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda ishlarni sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.