Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xo‘jamushkent QFYda mahalla yettiligi hisoboti eshitildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova tomonidan Xo‘jamushkent QFYda mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobot eshitildi.

Hisobot davomida hududda aholi murojaatlari bilan ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xotin-qizlar va yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar, ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1