Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xo‘jamushkent hududida profilaktik o‘rganishlar olib borildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova tomonidan Xo‘jamushkent QFYda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi.


Jamoat xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda muammoli oilalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy nizolarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 1