Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Mahallada deputatga biriktirilgan qonun ijrosi hamda hududni rivojlantirish loyihalari o‘rganildi.
янв.21
📌 Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Qonun ijrosini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining tumandagi ijrosi ta’minlanishi holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining tumandagi ijrosi ta’minlanishi holati o‘rganilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi tumanda ta’minlanishi holatini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhning tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAG‘DOD TUMANI KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI ISHTIROKIDA NAVBATDAGI YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI.
Tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 16-“Obod turmush” okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi T.Niyazov kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan birgalikda 1-sonli Oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi. Ushbu OP tomonidan 222 nafar tibbiyot xodimlari, shundan 17 nafar oilaviy shifokorlar 69726 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Tibbiyot sohasi raqamlashtirilishi natijasida aholiga xizmat ko‘rsatilishi va tegishli shifokorlarga elektron yo‘llanma berilishi fuqarolarga qulayliklar yaratgan. Biroq, turli sohalar bo‘yicha yagona integratsiya tizimi to‘liq bo‘lmaganligi uchun ma’lumotlar almashinuvida noqulayliklar mavjud. Tibbiy yordamga kelganlar uchun UZI, Rentgen apparatlariga ehtiyoj sezilmoqda. Tor sohalar bo‘yicha shifokorlar yetishmaydi. Ushbu masalalar Xalq deputatlari shahar kengashining doimiy komissiyada ko‘rib chiqilishi belgilandi.   

Slide 1 of 2