Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
“Besh tashabbus paralimpiadasi” uchun mablag‘ ajratildi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” uchun mablag‘ ajratildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining VII chaqiriq 27-sessiyasida muhim qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, jismoniy imkoniyati cheklangan hamda nogironligi bo‘lgan 18 yosh va undan katta fuqarolar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqasining tuman bosqichi xarajatlarini qoplash uchun 100 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Mazkur mablag‘lar hokimlik huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan yo‘naltiriladi.

Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoyillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan, hokimliklar huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari asosida amalga oshiriladi.

Slide 1 of 1