Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi davlat tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
📌 TA’LIM TIZIMIDA E’TIROF VA RAG‘BAT — YUKSAK NATIJALAR GAROVI

👥 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati X.Davletov, tuman Kengashi deputati D.Shadanova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Ruzmetov hamda “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi M.Abdiyazov ishtirokida tumandagi 53-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida pedagog xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

💬 Uchrashuv davomida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash hamda maktabda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

🏆 Tadbirda o‘quvchilarning tuman, viloyat va respublika bosqichlarida yuqori natijalarga erishishida munosib hissa qo‘shgan fidoyi ustozlar alohida e’tirof etilib, tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

🛡 Shuningdek, ta’lim muassasasida sog‘lom muhitni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni qaror toptirish yo‘lida faollik ko‘rsatayotgan pedagoglar ham rag‘batlantirildi.

✨ Bunday e’tibor va e’tirof ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirishga, ustozlar nufuzini yuksaltirishga hamda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3